🗓 10-noyabr kuni Xonqa tumanidagi 28-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Laylo Xayitova 4-"B" sinfda "Biz bir bo‘lsak- yagona xalqmiz, birlashsak-. Vatanmiz!" g‘oyasi asosidagi "Ma'naviyat marafoni" loyihasini amalga oshirish maqsadida" Sinf soati"da "Odob-salomdan boshlanadi" loyihasi doirasida" Salomlashish odobi"mavzusida davra suhbati o‘tkazdi.
🇺🇿 Sinf soati "Erkin yosh avlodlar senga zo‘r qanot!" shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini kuylash bilan boshlandi.
🌈 Davra suhbatida "Assalomu alaykum" so‘zining ma'nosi, turli xalqlarning salomlashish odatlari, salomlashish qoidalari haqida suhbatlashildi.
📚O‘quvchilarga "Assalom- sehrli so‘z" rivoyati aytib berildi.
🌞O‘quvchilar ijrosida "Assalomu alaykum "qo‘shig‘i kuylandi.
🎥 O‘quvchilarga 🤝" Salomlashish odobi" videoroligi namoyish etildi.