Xorazm viloyati Xonqa tumani 28-son umumiy o'rta ta'lim maktabida Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi G.Nazurillayeva tomonidan "Biz buyuklar avlodimiz " nomi ma'naviy -ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda maktabning 6"A"- sinf o'quvchilari shoirning ruboiylari va g'azallarini yod aytib, shoir hayotiga oid sahna ko'rinishi ijro etdilar. O'quvchilar tomonidan ijro etilgan raqs hamda mumtoz qo'shiqlar bilan tadbir yanada mazmunli bo'lib o'tdi.